Raqobat qo‘mitasi tomonidan ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida joylashtirilgan materiallarning “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish va tahlil ishlari olib borilmoqda.
Jumladan, turoperatorlar tomonidan “Umra” tadbirini tashkil etish va o‘tkazishga oid berilgan reklamalar o‘rganildi.
Natijada, Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan jami 2 ta, ya’ni «PANORAMA TRAVEL» va «SHAFFOF KICHIKSOY» MChJlarning turoperatorlariga nisbatan litsenziya hujjatlari mavjud bo‘lmagan holda reklamalar joylashtirgani va bu bilan “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablarini buzgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, yakunlari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llanildi.
Shuningdek, Qo‘mitaning Namangan viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan jami 3 ta («Umra Ihlos Sardor domla», «YUKSAK AHSAN travel» va «Express Parvoz Milliy sayyohlik Operatori») telegram kanallari ma’murlari tomonidan berilgan reklamalarda ham yuqoridagi kabi qonunchilik talablari buzilishi yuzasidan mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Ushbu o‘rganish yakunlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.








