O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasining Tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash va xarid tizimlarni nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Qo’mitaning hududiy organlari mutaxassislari uchun “Tovar-xom ashyo birjalarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotilishida qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishi” to’g’risida Qo’mita hududiy organlari mutaxassislari uchun o’quv seminar o’tkazildi.
Seminarda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-martdagi “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5031-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-dekabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarni avtotransportda tashish xizmatlarining elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 777-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan Birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi to’g’risidagi Nizomga kiritilgan o’zgartirishlar hamda bu borada Qo’mitaga berilgan qo’shimcha vakolatlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Xususan, birja savdolarida narxlar manipulyatsiyasi, mahsulotlarga bo’lgan talab va takliflarni sun’iy o’zgarishi, bitimlarni asossiz bekor qilinishi va boshqa salbiy oqibatlarni oldini olishga qaratilgan qo’shimcha talablar bo’yicha muhokama o’tkazildi.