Toshkentda “O‘zbekiston davlat, korporativ va xususiy xaridlar forumi-2026” (“Public & Corporate Procurement Forum Uzbekistan 2026) yirik xalqaro tarmoq forumi bo‘lib o‘tdi.
Forumda davlat organlari, biznes, yirik xususiy kompaniyalar, xalqaro ekspertlar, elektron savdo platformalari operatorlari hamda xaridlar bozori ishtirokchilari qatnashdi. Unda O‘zbekistonda xaridlar tizimini rivojlantirishda raqamlashtirish, jarayonlar shaffofligi, raqobatni rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va davlat hamda biznes o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi masalalari xususida fikr-mulohazalar, tegishli ma’lumotlar hamda takliflar bildirildi. Mazkur tadbirda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mas’ul xodimi B.Boboxonov tomonidan 2025-yil davomida davlat xaridlarida raqobatga zid harakatlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar,shuningdek tizimining keyingi rivojlanish yo‘nalishlari, sun’iy intellekt nazoratini yo‘lga qo‘yish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish borasida taklif va ma’lumotlar berildi.
Forumda korrupsiya xavfini kamaytirish, davlat xaridlarida inson omilini cheklash, raqamli iz qoldirish (digital traceability) va barqaror raqobatga asoslangan davlat xaridlari tizimini yaratishdan yuzasidan bildirilgan tegishli takliflar asosida kelgusi chora-tadbirlar belgilab olindi.








