Avval xabar berilganidek, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini samarali joriy etish – faoliyatning raqobat qonunchiligiga muvofiqligini ta’minlash garovi” mavzusida navbatdagi o‘quv-seminarlari o‘tkazildi.
Monopol korxonalarning monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad ishtirokchilarga raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablari mazmun-mohiyatini atroflicha tushuntirish va ularning sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.