“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida o‘tkazilayotgan “Raqamli bozorlarda raqobat to’g’risidagi qonunni qo’llash va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya davom etmoqda.
«Biz so‘ngi vaqtlarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishlaymiz, bu borada ayniqsa Raqobat sohasida tizimli ishlar amalga oshirildi. Qo‘mitaning qonunchilik tizimini takomillashtirilishi va raqobatni ta’minlashda yangi sohalarni qamrab olinayotganligi bugungi xalqaro tajriba bilan hamohang»- deb ta’kidlab o‘tdi Ruminiya Raqobat organi Prezidenti Bagdan Kritsoyu.