Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi xodimlari uchun oʻtgan dam olish kunlari maroqli va yangi gʻoyalarga boy boʻldi. Chunki Qoʻmita markaziy apparati va Qoʻmita huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi xodimlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-sonli Farmoni va 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish boʻyicha Milliy dasturning 63-bandi hamda Qoʻmitaning Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan kelishilgan 2022-yil uchun “Yoʻl xaritasi” 13-bandi (Qoʻmita xodimlari ishtirokida jamoaviy ruhiyatni shakllantirish hamda mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish) ijrosi yuzasidan “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida “Archazor” togʻ kurortida timbilding tashkil etildi. Bunda xodimlar Qoʻmita oldiga qoʻyilgan masalalarni birgalikda hal qilishdi, yagona gʻoya atrofida birlashishdi.
Tashkil etilgan bu timbilding xodimlarning jamoaviy ruhini mustahkamlash uchun ajoyib motivatsiya boʻldi. Qolaversa, madaniy-maʼrifiy tadbirlar bilan bir qatorda, xodimlar orasida sport musobaqalari oʻtkazildi.
Ushbu tadbir Qoʻmitada faoliyat olib borayotgan yosh xodimlarning sogʻlom turmush tarziga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirish, ularning jismonan yetuk boʻlib rivojlanishi hamda tashkilot ravnaqi yoʻlida birgalikda intilishlarini shakllantirish maqsadida Qoʻmitaning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan tashkil etildi.