Raqobat qo‘mitasi tomonidan Buyuk Britaniyada ro‘yxatdan o‘tgan va o‘z navbatida «TBC Bank» hamda Payme kompaniyalariga egalik qiluvchi «TBC Bank Group PLC» kompaniyasi tomonidan «Billz» platformasiga egalik qiluvchi Shoppe Group MChJ xorijiy korxonasining 46,67 foiz ulushlarini sotib olish bo‘yicha arizasi ko‘rib chiqildi.
🔘“TBC Bank Group PLC” kompaniyasi – holding kompaniyalari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot;
🔘“Shoppe Group” MChJ XK “Billz” savdo belgisi ostida bulutli texnologiyalar asosida savdo va tovarlar hisobini yuritish, boshqarish, elektron tijorat vositalari yordamida onlayn xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha raqamli platforma operatori hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, “TBC Bank Group PLC” kompaniyasiga bilvosita “TBC bank” ATB va onlayn to‘lov tizimlari xizmatini ko‘rsatuvchi “Payme” AJ raqamli platformasiga egalik qiladi.
Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan o‘tkazilgan tahlil natijalariga ko‘ra, mazkur bitimga oldindan rozilik berish haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, mazkur bitim yuzasidan raqobatni ta’minlashga qaratilgan quyidagi talablar qo‘yildi:
➡️ “Billz” platformasining hozirgi va kelgusidagi foydalanuvchilari, jumladan bir vaqtning o‘zida “TBC Bank” ATB va “Payme” AJ bilan raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun xizmatdan foydalanish shartlariga bir tomonlama va asoslanmagan tarzda tarzda ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaslik;
➡️ shuningdek, “Billz” platformasi orqali to‘planuvchi yoki qayta ishlanuvchi ma’lumotlardan foydalanishda “TBC Bank” ATB va “Payme” AJ bilan raqobatda bo‘lgan tijorat tashkilotlarining mijozlariga oid hamda iste’molchilarning shaxsiy yoki tijorat ma’lumotlarini raqobatni cheklash yoki “TBC Bank” ATB va “Payme” AJning bozordagi mavqeini mustahkamlash maqsadida har qanday shaklda foydalanmaslik yoki oshkor qilmaslik choralarini ta’minlash;
➡️ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 18-moddasi hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-maydagi 256-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan harakatlarni har qanday shaklda amalga oshirmaslik va ushbu qonun hamda qaror talablariga to‘liq rioya etish.
Eslatma: bitim ishtirokchilari tomonidan mazkur talablarga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.