Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi direktori, Jumayev Olimjon Sadulloyevichga otalari marhum Jumayev Sa’dulla Shamsiyevichning vafoti munosabati bilan uning yaqinlari hamda oila a’zolariga chuqur ta’ziya izhor etadi.
Jumayev Sa’dulla Shamsiyevich 1947-yili Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan, marhum butun umrini ma’rifat va ta’limga bag‘ishlab, Surxondaryo viloyati xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish instituti professori sifatida minglab pedagoglar kamolotiga munosib hissa qo‘shgan ziyoli, jonkuyar va fidoyi inson bo‘lgan.
Alloh marhumni o‘z rahmatiga olib joyi jannatda bo‘lsin, oila a’zolari va yaqinlariga sabr bersin.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning tizim tashkiloti jamoasi