Joriy yilning 11-12-sentyabr kunlari Raqobat qo‘mitasi huzuridagi “Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi” DM tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda “Tashqi reklama va axborot obyektlarini (konstruksiyalarini) tartibga solishda elektron dasturdan foydalanish” mavzusida Mahalliy hokimlik hamda Qo‘mitaning hududiy organlarining reklamaga mas’ul xodimlari uchun o‘quv va amaliy seminari bo‘lib o‘tadi.
Seminarning dastlabki kunini Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i E.Xaitmetov kirish so‘zi bilan ochib berdi, shuningdek Toshkent shahar hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti mas’ul xodimi D.Nurjanova «2025-2026-yillarda tashqi reklama sohasi rivojlanishi, yangi yo‘nalishlari va nazorati to‘g‘risida» ma’lumotlarni berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Qo‘mita hamda uning huzuridagi tizim tashkilot xodimlari tomonidan Reklama qonunchiligi, davlat tili talablari hamda reklama axborot obyektlarini tartibga solish holati haqida ma’lumotlar berildi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 31-avgustdagi 428-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida davlat mulki bo‘lgan yer uchastkalariga, binolarga hamda inshootlarga tashqi reklama va axborot obyektini (konstruksiyasini) o‘rnatish va unda reklamani joylashtirishga bo‘lgan huquqni olish uchun yagona elektron savdo maydonchasi orqali ochiq elektron auksion savdolariga chiqarish bosqichlari bu bo‘yicha vakolatli organlar va ularning funksional vazifalari yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari uchun reklamalarga qo‘yiladigan talablar, “T-Reklama” elektron monitoring tizimidan foydalanish, tashqi reklamani tayyorlash, joylashtirish hamda tarqatish bo‘yicha mahorat darslari ham o‘tkazildi.
Tadbir davomida kelgusidagi yangi loyihalar, ularni amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.