O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalariga respublikamizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlardan turli mavzularda murojaatlar kelib tushmoqda. Murojaatlarning aksariyati o‘z vaqtida ijobiy hal qilinib, tadbirkorlarning haq-huquqlari himoya qilinmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasiga “Navruz International Corp” MChJ Shahrisabz filialidan kelib tushdi.
Murojaatda hudud elektr ta’minoti korxonasi tomonidan “Navruz International Corp” MChJ Shahrisabz filialiga 60.000.000 so‘m asossiz qarzdorlik belgilanganligidan norozilik bildirilgan. Hududiy boshqarma tomonidan olib borilgan o‘rganishlarda foydalanilgan elektr iste’moli uchun MChJ Shahrisabz filiali tomonidan to‘lov amalga oshirilgani, biroq ushbu mablag‘ ta’minotchi korxonaning boshqa hisob raqamiga o‘tib ketgani ma’lum bo‘ldi. Tadbirkor bu masalada Hududiy elektr tarmoqlari AJ Qashqadaryo filialiga bir necha bor murojaat qilishiga qaramasdan muammo hal etilmay kelingan.
O‘zbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasi hamda 21- buzilishiga sabab bo‘lgan.
Qo‘mitaning hududiy boshqarmasi tomonidan yuqoridagi holat yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijasida, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida” gi (eski tahrirdagi 1999 yil 19 avgust, 815-I-son) Qonunning 15 va 16-moddalari hamda “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 17 -moddasiga asosan Hududiy elektr tarmoqlari AJ Qashqadaryo hududiy filiali tomonidan “Navruz International Corp” MChJ Shahrisabz filialining elektr ta’minotining boshqa hisob raqamiga noto‘g‘ri yuborilgan 60.000.000 so‘m mablag‘i MChJning hisob raqamiga qaytarib berilishi ta’minlandi.