Joriy yilning 23–24-dekabr kunlari Toshkent shahrida Raqobat qo‘mitasi German Sparkassenstiftung hamda Germaniya hamkorligi tashkilotlari bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan “Sun’iy Intellektni boshqarish: tartibga solish hamda raqobatni ta’minlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi qonunchiligi va global strategiyalar” mavzusida xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.
Mazkur xalqaro seminarda Germaniya, Fransiya va boshqa xorijiy davlatlarning yetakchi ekspertlari, shuningdek halol raqobatni ta’minlash, innovatsiyalarni joriy etishni qo‘llab-quvvatlash hamda sun’iy intellektni tartibga solishning samarali tizimini shakllantirish uchun mas’ul vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etmoqda.








