Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilib, tahlil qilish ishlari olib borilmoqda.
Jumladan,
Qashqadaryo viloyati
Qarshi shahrida istiqomat qilayotgan fuqaro B.K. “IDEA” savdo do‘konidan 7 500 000 so‘mga kondisioner xarid qiladi, ammo hech qancha vaqt o‘tmasdan mahsulotni nosozligi sababli almashtirish maqsadida do‘kon rahbariyatiga bir necha bor murojaat qiladi ammo natija bo‘lmagandan so‘ng hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Qoraqalpog‘iston respublikasi misolida
Nukus shahrida istiqomat qiluvchi K.B. 2025-yil Nukus shahridagi “IDEA CONCEPT GROUP”MChJ maishiy texnika do‘konidan “SMART TV 55” rusumli televizorni 8 mln.so‘mga bo‘lib to‘lash yo‘li bilan xarid qilganini lekin, oradan 1 oy o‘tib buzilib qolganligi sababli, do‘konga murojaat qilishiga qaramasdan, natija bo‘lmaganligidan noroziligini bildirib, televizorni almashtirib berishda amaliy yordam so‘rab Qoraqalpog‘iston respublikasi Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilgan.
Samarqand viloyati misolida
Fuqaro “Adams” savdo markazidan 6 mln 620 ming so‘mga “Brilliant uzuk” xarid qilib olganligi ammo xarid qilingan uzuk sifatsizligi sababli almashtirib berish yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Sirdaryo viloyati misolida
Guliston tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro E.B. “Sirdaryo suv ta’minoti” AJ Guliston shahar bo‘limi tomonidan ichimlik suvi ta’minotidan 2 mln so‘m miqdorida noreal qarzdorlik hisoblanganligi yuzasidan hududiy boshqarmaga murojaat qilgan.
Toshkent viloyati misolida
Fuqaro “FRESH” supermarketdan xarid qilingan yangi kondisioner mahsulotida nosozliklar mavjudligidan norozilik bildirib hududiy boshqarmaga murojaat qilagan.
Xorazm viloyati misolida
Bog‘ot tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro J.T Hazorasp tumanida joylashgan tadbirkorlik subyektidan 150 kv quvvatga ega “Arion” rusumli suv chiqarish agregati (nasoz)ni 3 500 000 so‘mga xarid qilganligi lekin mahsulot kafolat muddatida nosozligidan norozi bo‘lib hududiy boshqarmaga murojaati qilgan.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga zid ravishda ish tutgan deb topilib, iste’molchilarning murojaatlari (nosoz mahsulotlar yangisiga almashtirib berildi, noreal qarzdorliklar qayta hisob-kitob qilindi hamda murojaatlarda keltirilgan to‘lovlar to‘liq iste’molchilarga qaytarib berilishiga erishildi) ijobiy hal etilishi ta’minlandi.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga mavjud tartib-qoidalar va uning natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.