Respublika bo‘yicha 200 dan ortiq dorixonalar 2,6 mlrd. so‘mdan ortiq asossiz daromad olganligi aniqlanib, ularni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Fair tech” yagona axborot tizimi orqali dorixonalarda dori vositalarini sotishda belgilangan savdo ustamalariga rioya etilmaganligi holatlari o‘rganib borilmoqda.
Yagona axborot tizimi orqali kelib tushgan xabarlar bo‘yicha 2025-yilning o‘tgan davri davomida olib borilgan o‘rganishlarda 225 ta dorixonada 62 704 ta holatda dori vositalarning savdosi bo‘yicha 2,6 mlrd. so‘m asossiz daromad olinganligi aniqlandi hamda belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, mablag‘larni qaytarish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi.
Jumladan, ulgurji savdoda:
1744 ta holatda -“EVRO FARM BIZNES” MChJ XK;
1695 ta holatda – “TAR PHARM ALLIANCE” MChJ;
5191 ta holatda – “GARMONIYA FARM” MChJ.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, narxlarni asossiz oshirish alomatlari bo‘yicha “GARMONIYA FARM”, “EVRO FARM BIZNES” hamda “TAR PHARM ALLIANCE” MChJlarga nisbatan Qo‘mitaning Maxsus komissiyasi tomonidan ish qo‘zg‘atildi.
Hurmatli dori vositalarini ulgurji va chakana realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar!
Raqobat qo‘mitasi dorixonalarda retsept bilan beriladigan dori vositalari belgilangan narxlariga rioya etilmay sotilgan taqdirda chora ko‘rilishi haqida ogohlantiradi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi PQ-411-son qaroriga asosan, Soliq qo‘mitasi va Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi elektron tizimlari integratsiyasi natijasida Raqobat qo‘mitasiga dori vositalari narxlari oshirilgani haqida xabarlar avtomatik ravishda onlayn kelib tushishi yo‘lga qo‘yilgan.