“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi
✅ Respublikamizda faoliyat olib borayotgan «ROODELL» MChJ (“Kia”, “CHERY”, “HAVAL” avtomobil brendlari va “FINCOM” korxonasi) PR va marketing xodimlari uchun reklama sohasidagi amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha Qumitaning tegishli mutaxassislari tomonidan trening o‘tkazildi.
📌 Tadbir davomida Qo‘mitaning Reklama bozori va kreativ sohalarni rivojlantirish sohasida mas’ul xodimlari tomonidan reklama faoliyatini tartibga soluvchi «Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari, xususan, insofsiz, chalg‘ituvchi yoki noto‘g‘ri reklama shakllarini aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
🤝 Qo‘mita bunday konstruktiv va ochiq muloqotlarni iste’molchilar huquqlarini himoya qilish nuqtai nazaridan qo‘llab-quvvatlaydi va ularni sog‘lom raqobatni rivojlantirish hamda reklama sohasida huquqiy ongni oshirishga xizmat qiluvchi muhim qadam sifatida e’tirof etadi.