Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi huzuridagi «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat unitar korxonasiga
reklamaga oid faoliyat subyektlariga reklama to‘g‘risidagi qonunchilikni qo‘llash masalalari bo‘yicha tushuntirishlar berish va ular tomonidan reklama to‘g‘risidagi qonunchilik talablarining buzilish holatlarini aniqlash va bartaraf etish choralarini ko‘rish bo‘yicha qo‘shimcha vakolatlar berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 428-son qarori
Reklama bozori subyektlari «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» davlat unitar korxonasidan
shartnoma asosida ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan reklama ma’lumotlarining g‘oyalari, mavzulari va eskizlari bo‘yicha ixtiyoriy ravishda xulosalar olish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 702-son qarori
Korxonaga murojaat etish ixtiyoriy, ammo bu kelajakda reklama bilan bog‘liq bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etishda yordam beradi. «Raqamli transformatsiya va autsorsing markazi» mutaxassislari sizning reklama eskizingizni baholaydi va uni qonunga muvofiqligi to‘g‘risida professional xulosa beradi.
Bog‘lanish:
71 207 47 00 (400, 439) rtam@antimon.gov.uz | atjem@exat.uz