REKLAMA QONUNCHILIGI BUZILISHI YUZASIDAN QURILISH KOMPANIYALARIGA NISBATAN MOLIYAVIY JARIMA QO‘LLANILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-maydagi PQ-4732-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘p kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Ulush kiritish asosida qurish uchun mablag‘larni jalb etuvchi quruvchilarning elektron ro‘yxatiga kiritmagan holda qurilish obyektlarini reklama qilish taqiqlanadi.
Shunga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Olib borilgan o‘rganishlarda “Sam-Ros-Stroy” MCHJ, “Shaxram Tower” MCHJ, “Baxora KBM” MCHJ va “BUSINESS SHOPPING CENTER” MCHJ qurilish korxonalarining qurilish majmualari elektron ro‘yxatga kiritilmaganligi, biroq ushbu turar joy majmualari ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilinayotganligi aniqlangan.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 16-moddasiga muvofiq, ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonunda taqiqlangan tovarlarni, shuningdek, ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Sam-Ros-Stroy” MCHJ, “Shaxram Tower” MCHJ, “Baxora KBM” MCHJ va “BUSINESS SHOPPING CENTER” MCHJlar Qonun buzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan deb topilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qonunbuzilishi holatini to‘xtatish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan ko‘rsatma berildi.








