Raqobat qo‘mitasining Namangan hududiy boshqarmasi tomonidan hududda joylashtirilayotgan reklama axborotlarining qonun hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan olib borilgan o‘rganish va tahlil ishlari davomida:
“KOKOBANGO” MCHJga qarashli “Amacnamangan” restoranining rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini iste’mol qilishga undovchi reklama roliklari joylashtirilganligi;
“NAMANGAN FLAMINGO RESTORANI” MCHJga qarashli “Flamingo” restoranining ijtimoiy tarmoqlarida ham alkogol mahsulotlari aks etgan reklama materiallaridan foydalanilganligi;
O‘quv markazi bo‘yicha “MURODIM EDU” MCHJga qarashli “MURODIMEDUCATION” markazga tegishli rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida reklama roligida o‘yinchoq quroldan foydalanilgan kadrlar joylashtirilgani aniqlandi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra “KOKOBANGO” MCHJ, “NAMANGAN FLAMINGO RESTORANI” MCHJ hamda “MURODIM EDU” MCHJga nisbatan reklama va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilganligi natijasida belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, ishni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llanildi.