Qo‘mitaning 2024 yil 13 apreldagi 3945/12-03 sonli xati yuzasidan hamda ijtimoiy tarmoqlardagi “BASTION” kanaliga joylangan post to‘g‘risida quyidagilar ma’lum qilinadi: Ushbu maqola yuzasidan:
“Reklama to‘g‘risida”gi qonun ijrosi bo‘yicha tarqalgan xabarlarga Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqarma xodimlari tomonidan Andijon viloyati hududidagi barcha reklama vositalarini noqonuniy o‘rnatilishi yuzasidan doimiy monitoring ishlarini olib bormoqda. Shu kunga qadar 507 ta reklama vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, mintalitetimizga to‘g‘ri kelmaydigan, imlo xatolari bilan yozilgan, davlat tilida yoritilgan va noqonuniy o‘rnatilgan 385 ta reklama vositalari olib tashlab bartaraf etildi.
Monitoring ishlari viloyatimiz hududi bo‘ylab viloyat hokimligi ishchi guruhlari bilan birgalikda kunlik nazorati olib borilmoqda” – deb o‘sha kunning o‘zida Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Andijon viloyati hududiy boshqarmasining rasmiy kanalida Rasmiy munosabat tariqasida yoritilganligi ma’lum qilinadi. Shu bilan birga ushbu rasmiy munosabat “BASTION” kanalining murojaat botiga ham yoborildi.