Kun.uz (onlayn nashr) orqali “Tizim yaxshi ishlamasligi oqibatida qimmatchiga chiqyapmiz — dorixonachilar Raqobat qo‘mitasidan norozi” mavzuida (https://kun.uz/news/2023/05/22/tizim-yaxshi-ishlamasligi-oqibatida-qimmatchiga-chiqyapmiz-dorixonachilar-raqobat-qomitasidan-norozi) yoritilgan material yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini qilish qo‘mitasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 26-oktyabrdagi “Aholini sifatli dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–411-sonli qaroriga muvofiq, 2023–yil 1–maydan boshlab yangi tartib kuchga kirdi. Unga ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan xarid qilingan dori vositalarining xarid cheki soliq organlarining maxsus mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tkazilganda dori vositasining narxi cheklangan savdo ustamalari bilan avtomatik tarzda solishtirilib, ustamalar yuqori qo‘llanilgani aniqlanganda, Raqobat qo‘mitasiga huquqbuzarlik haqida xabar yuborilishi va ushbu ma’lumot asosida belgilangan tartibda huquqbuzardan jarima undirilishi belgilandi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 24-martdagi 115-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Referent narx shakllantirish tizimi doirasida dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” (10.06.2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 3242-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) talablaridan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining axborot tizimida (keyingi o‘rinlarda – Tizim) dori vositalari narxlarini qayd etish tartibi asosida dori vositalariga belgilangan cheklangan narxlar shakllantirilgan.
Iste’molchi tomonidan xarid cheki skaner qilinganda Soliq organining tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida dori vositasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining axborot tizimidagi narxlar bilan o‘zaro solishtiriladi.
Agarda xarid qilingan dori vositasi narxi belgilangan narxdan yuqoriligi aniqlanganda bu haqda chora ko‘rish uchun chek va dori narxi tafovuti hamda sotuvchi haqidagi ma’lumotlar Raqobat qo‘mitasining «FAIR TECH» yagona axborot tizimiga kelib tushadi.
Qo‘mita yuqoridagi ma’lumotlarga asosan vakolati doirasida huquqbuzar shaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, o‘rnatilgan tartibda sudlarga kiritadi.
Yaqinda Kun.uz tahririyati tomonidan ishga tushirilgan tizim yaxshi ishlamasligi tadbirkorlarda bir qator muammolarni keltirib chiqarayotgani bildirildi.
Qo‘mita tomonidan ayrim tadbirkorlik sub’ekleri e’tirozlari asosida holat atroflicha tahlil qilinganda:
tadbirkorlik subyektlari (dorixona) tomonidan dori vositalarini fiskal kassa apparati xotirasiga maxsus kodlarni noto‘g‘ri kiritishlari;
shuningdek, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining axborot tizimga dorixonalarni integratsiya qilish imkoniyati mavjud emasligi;
ayrim dori vositalariga narx shakllanishida valyuta kursi 2020 yilda ro‘yxatga olingan sanadagi holatda qolgani va bugunga qadar import qiluvchi yoki dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar tomonidan qayta ro‘yxatdan o‘tkazilmaganligi sababli, valyuta kursidagi tafovut inobatga olinmaganligi kabi holatlar aniqlandi.
Biroq, Raqobat qo‘mitasiga huquqbuzarlik holati haqida xabar kelib tushganda chakana dori vositasi savdosi bilan shug‘illanuvchi huquqbuzarlik sodir etganlikda gumonlanayotgan dorixona vakili tomonidan dori vositasini unga ulgurji sotuvchi tomonidan belgilangan narxlarga rioya etilmasdan sotilgani haqidagi ma’lumotlar keltirilgan taqdirda, iste’molchiga yetkazilgan zarar ulgurji sotuvchi tomonidan undirilishi, belgilangan narxlarga rioya etish talablarini buzish esa belgilangan tartibda huquqbuzarlik hisoblanishi yuzasidan bir necha marotaba chiqishlar qilindi.
Mazkur holatda Qo‘mitaning «FAIR TECH» yagona axborot tizimida hech qanday kamchiliklar yoki tushunmovchiliklar mavjud emas.
Bundan tashqari, Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tadbirkorlik sub’ektlarining takliflarini ko‘rib chiqish uchun kiritilgan. O‘ylaymizki qisqa muddatlarda vazirlik tomonidan tegishli harakatlar amalga oshirilib, mazkur muammolar o‘z yechimini topadi.