Tadbirda, hududiy boshqarma boshlig‘i o’rinbosari A.Sabirov boshqarma tomonidan 2023-yil yakunlari va 2024-yil I-choragida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha jamoatchilik vakillariga hisobot berdi.
Mazkur uchrashuv davomida hududiy boshqarmaga murojaat qilgan fuqaro R. Qalandarovning Kapital bankdan olgan kredit grafigi noto‘g‘ri hisoblangan qarzdorligi bartaraf etilgani va fuqaro M. Nazarovaning Urganch dehqon bozori hududidagi tadbirkordan xarid qilgan uyali telefon (smartphone) mahsuloti kafolat muddatida nosos ekanligi haqidagi murojaati o‘z vaqtida hal etilganligini jamoatchilik bilan ochiq muloqot davomida takiblab o‘tdilar.
Shuningdek, Raqobat Qo‘mitasi rahbariyati raqobat sohasida ochiq ma’lumotlar berib borish ko‘lamini kengaytirish, jamoatchillikka taqdim etilayotgan ma’lumotlarni har jihatdan ochiqlab borish borasidagi taklif va tavsiyalari tinglanib amalga oshirilishi kerak bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Ma’lumot o‘rnida. Xorazm viloyati hududiy boshqarmasiga jismoniy va yuridik shaxslardan 2023-yil yakunlari bo‘yicha jami 1200 ga yaqin va 2024-yil I-choragi davomida 300 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan.
O‘rganish ishlari natijasida, 2023-yilda 4.5 mlrd so‘mdan ortiq hamda 2024-yil I-choragida esa 500 mln so‘mga yaqin pul mablag‘lari iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishi ta’minlangan.