Unda markaziy apparat va 14 ta hududiy organ rahbarlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda 2024-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar va ularning natijalari tanqidiy ruhda ko‘rib chiqildi.
Yig‘ilishda Qo‘mita raisi tomonidan hududlarda raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida ishlar qoniqarsizligi
shuningdek,
– davlat xaridlari;
– til biriktirishlar va kartel kelishuvlar;
– iqtisodiy konsentratsiya;
– qonun hujjatlarining raqobatga ta’siri;
– monopoliyaga qarshi tartibga solish, narxlar va tariflarni nazorat qilish
– iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish yo‘nalishlarida ishlar samarali yo‘lga qo‘yilmaganligi ta’kidlab o‘tildi.
Muhokama davomida Andijon (U.Jo‘rayev), Navoiy (A.Muhammadiyev), Surxondaryo (F.Samatov), Buxoro (N.Jabborov), Xorazm (D.Abdukarimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (D.Davletov) hududiy organ rahbarlari tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ymaganligi uchun ogohlantirildi.
Shuningdek, Qo‘mita raisi tomonidan barcha hududiy organ rahbarlari bundan keyin yangicha ishlash tizimini tubdan ko‘rib chiqish, ishni qanday tashkil etish va bu bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuzasidan ogohlantirildi va ishda natijani ko‘rsatish uchun 3 oylik muddat berildi.
Yig‘ilish davomida Qo‘mita tizimidagi barcha mas’ul rahbarlar Raqobat qo‘mitasining o‘z funksional vazifalarini sifatli va so‘zsiz bajarishi shartligi ta’kidlandi.
Qo‘mita raisi tomonidan bundan keyin qanday ishlash kerakligi va asosiy jihatdan nimalarga e’tibor qaratilishi hamda xalqimiz bizga bergan ishonchni oqlashi birinchi navbatdagi vazifamiz bo‘lishi kerakligi birma-bir aniq ko‘rsatib berildi.