Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassislari joriy yilning 24-27-aprel kunlari Olma-ota shahrida (Qozog‘iston Republikasi) bo’lib o’tayotgan “Raqobat siyosati va huquqi sohasida dolzarb trendlar” mavzusidagi Raqobat bo‘yicha Markaziy Osiyo 2024-Forumida online ishtirok etmoqda.
Qozog‘iston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan tadbir ishtirokchi davlatlar raqobat organlari uchun raqobatni rivojlantirish va monopoliyaga qarshi tartibga solishning amaliy masalalari yuzasidan amaliy tajriba va fikr almashish uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Forumda bir qator nufuzli xalqaro tashkilotlar (OECD, UNCTAD, ICN va hokazo), xorijiy davlatlarning raqobat organlari, ekspertlar hamjamiyatining 200 dan ortiq vakillarining ishtirok etmoqda.