Raqobat qo‘mitasiga savdo xizmatlari sohasida iste’molchilardan tushgan murojaatlar ijobiy yechim topmoqda
🔘Toshkent viloyati Hududiy boshqarma Bekobod shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro sotib olgan uyali telefoni kreditini kechroq yopgani, ammo qarzi yo‘qligiga qaramay «Uzum nasiya” oylik maoshidan pulini ushlab qolgani, ushbu mablag‘larini qaytarib berilishida amaliy yordam so‘rab qoldirgan murojaatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganishlar natijasida fuqaro kreditini to‘liq yopgani haqidagi ma’lumotni Bekobod MIBga taqdim etgani ma’lum bo‘ldi. Natijada “Shaffof moliya” MCHJ tomonidan murojaatchiga 2 mln 529 ming so‘m pul mablag‘i qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Toshkent shahar Hududiy boshqarmaga Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.I. qilgan murojaati asosida o‘rganshlar olib borildi.
Murojaatda “Drill House” XK do‘konidan maishiy texnika (dazmol) xarid qilgani, ushbu texnika bir marta ishlatilganidan so‘ng nosoz holatga kelib qolganiga e’tiroz bildirilgan.
O‘rganishlar natijasida “Drill House” XK tomonidan mazkur nuqsonli texnikani sifatlisiga almashtirib berilishi ta’minlandi.
🔘Surxondaryo viloyati Hududiy boshqarma Oltinsoy tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro O.A.ning murojaatida Denov tumanidagi savdo do‘konidan xarid qilgan “Indezit” rusumli sovitkichini nuqsonini bartaraf etilmayotgani yuzasidan murojaatini o‘rganib chiqdi.
O‘rganish natijasida, fuqaro O.A.ga sotuvchi va servis markazi tomonidan sovitkichi kafolat muddatida ta’mirlab berilishi ta’minlandi.
🔘Navoiy viloyati Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro T.N. savdo markazidan Apple iPhone 16 Pro Max telefonini xarid qiladi. Sotuvchi telefonni IMEI-kodi ro‘yxatdan o‘tgani va hech qanday muammosi yo‘qligini aytib bir oylik kafolat bilan sotadi. Biroq, T.N. telefondan foydalana boshlagandan bir oydan so‘ng tegishli ro‘yxatdan o‘tmagani ma’lum bo‘ladi va telefoni ishlamay qoladi.
O‘rganishlar natijasida savdo do‘koni tomonidan telefon IMEI-kodi ro‘yxatidan o‘tkazilib, telefon soz holatda fuqaroga topshirilishi ta’minlandi.
🔘Namangan viloyati Hududiy boshqarma Namangan tumanida yashovchi fuqaro tomonidan “Uzum Nasiya” onlayn savdo ilovasi orqali muddatli to‘lov, asosida 800 ming so‘mga basseyn mahsuloti olish uchun “Grand book” savdo markazi bilan shartnoma tuzib elektron buyurtma bergani, biroq mahsulot shu kunga qadar yetkazib berilmagan, ammo “Uzum Nasiya” onlayn savdo tomonidan uning plastik kartasidan mablag‘ yechib olinganidan norozi bo‘lib, amaliy yordam so‘rab qilgan murojaatini o‘rganib chiqdi.
Natijada “Grand book” savdo markazi xodimlari tomonidan fuqaro plastik kartasidan yechib olingan 800 ming so‘m mablag‘ qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Buxoro viloyati Hududiy boshqarma fuqaro S.X.ning murojaatini o‘rganish jarayonida Buxoro shahridagi “KIA” avtosalonidan boshlang‘ich narxi 169 950 000 so‘m to‘lov amalga oshirilgan holda “Kia carens Luxe G621” rusumli avtomashina xarid qilgani, “Goodwell servise” MCHJ xodimlari avtomobilni 8 kun ichida yetkazib berishini aytganligi, biroq yetkazib berilmagani ma’lum bo‘ldi.
O‘rganishlar natijasida murojaatchiga “Goodwell servise” MCHJ tomonidan kechikkan “Kia carens Luxe G621” avtomashinasi yetkazib berilishi ta’minlandi.
🔘Andijon viloyati Hududiy boshqarmaga Asaka tumanida yashovchi fuqaro S.D. tomonidan yo‘llangan “Texnomart” maishiy texnika do‘koni (Texnoboon MCHJ) faoliyati yuzasidan murojaatda do‘kondan 12 oylik to‘lov shartida Samsung Galaxy A25 telefonini sotib olish jarayonida 334 000 so‘m ortiqcha mablag‘ do‘kon xodimining shaxsiy plastik kartasiga tushirilgani, ammo ushbu mablag‘ kredit to‘lovini so‘ndirish uchun ishlatilmagani va ushbu mablag‘ni qaytarilmayotganligi bildirilgan.
O‘rganishlar natijasida ortiqcha o‘tkazilgan pul mablag‘i fuqaroga to‘liq qaytarib berilishi ta’minlandi.
🔘Xorazm viloyati Hududiy boshqarma fuqarolar N.D. va I.D. tomonidan berilgan murojaatda “Uzum nasiya” shartnomalarga asosan Badavlat ayol loyihasiga a’zo bo‘lishgani, ammo fuqarolarga shartnoma shartlari bo‘yicha hech qanday xizmat ko‘rsatilmaganligidan noroziligini bildirilgan
O‘rganishlar natijasida shartnoma bekor qilinib, 288 000 so‘m pul mablag‘lari qaytarib berilishi ta’minlandi.