RAQOBAT QO‘MITASIDA O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TADBIRI TASHKIL ETILDI
21- oktabr – yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu yil Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 34 yil toʻldi. Shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasida ham ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Rais maslahatchisi G.Qodirova barchani bayram bilan tabrikladi hamda Qo‘mitaning bir guruh xodimlari tomonidan tayyorlangan bayram tabrigiga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.
Tadbirda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan nashr qilingan kitoblar taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.