Ochiq muloqotda 20 ga yaqin Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6247-sonli «Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni hamda, 154-sonli «Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonlari ijrosini taminlash yuzasidan 2023 yil davomida 500 ga yaqin ochiq ma’lumotlar, Qo’mitaning rasmiy veb sayti va ochiq ma’lumotlar portali orqali e’lon qilingan.
Ochiq muloqotda “Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlari sohasida nazoratni taʼminlash yuzasidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar” yuzasidan rahbariyat va ushbu sohadagi mutasaddi boshqarma vakillari Jamoatchilik (ommaviy axborot vositalari)ga ma’lumotlar taqdim etishdi.