Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlarini Yangi yil bayrami arafasida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlariga (“Korzinka”, “Makro”, “Havas”, “Baraka”, “Magnum”, “Assorti”, “B1” va “Magnit”) yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.








