Raqobat qo‘mitasi yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyida narxlari barqarorligini ta’minlash muhimligi to‘g‘risida ogohlantirdi
Davlatimiz rahbari saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan Ramazon kunlarida ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim ekanligini ta’kidlab, tegishli topshiriqlar berdilar.
Yuqoridagilar ijrosi yuzasidan, Raqobat qo‘mitasi tomonidan yirik savdo tarmoqlari va respublikamiz hududlardagi savdo komplekslarini Ramazon oyi arafasida keskin talab oshadigan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash bo‘yicha chakana savdo tarmoqlari va hududlardagi savdo komplekslariga yetkazib beruvchi korxonalar tomonidan narxlarni o‘zgartirishi, logistika xarajatlari va boshqa narxning oshishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillar to‘g‘risida Qo‘mitani tezkor xabardor qilib borish, hamda yetkazib beruvchilarni asossiz narxlarni oshirishga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirib borishlari bo‘yicha ko‘rsatmalar yuborildi.
Raqobat qo‘mitasi xalqimiz uchun muhim bo‘lgan ijtimoiy muhim oziq-ovqat mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash borasida o‘z vakolatlari doirasida zaruriy barcha choralarni ko‘rib borishini ma’lum qilamiz.






