Raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlari tomonidan tashqi reklama vositasini o‘rnatish, reklamalarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish maqsadida joylarda tizimli ravishda o‘rganish va monitoring tadbirlari o‘tkazilmoqda.
🔘Toshkent viloyati
Hududiy boshqarma olib borgan o‘rganishlarida “Nilufar Petrol” MChJning reklamasi pasporti yo‘qligi aniqlandi.
Bu holat “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan hududiy organ Maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
🔘Surxondaryo viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan tashqi reklamalar bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazilganida jarayonida «OFSET-SURXON» MChJ Termiz shahri va tumanlarda noqonuniy ravishda tashqi reklama o‘rnatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan hududiy organ Maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
🔘Sirdaryo viloyati
Hududiy boshqarma o‘rganishlarida “Guliston xususiy ta’lim” MChJ katta hajmda reklama vositalarini pasportisiz va o‘zboshimchalik bilan o‘rnatgani aniqlandi.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilganligi uchun Maxsus komissiya ish qo‘zg‘atib, tadbirkorlik subyektiga majburiy ko‘rsatma berdi.
🔘Samarqand viloyati
Hududiy boshqarma “Aziz Amira Gold” MChJ belgilangan tartibda reklama pasportini rasmiylashtirmagan holda binosiga reklama o‘rnatganini aniqladi.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan hududiy organ Maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
🔘Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Qo‘mita “TRAST BANK” XAJ To‘rtko‘l filialidagi reklamalar maydoni bir kvadrat metrdan katta va pasportisiz ekanini o‘rganishlarda aniqladi.
Bu holat bo‘yicha Maxsus komissiya ish qo‘zg‘atib, qonunbuzilishni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
🔘Qashqadaryo viloyati
Hududiy boshqarma tomonidan 100 dan ortiq chakana savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalarida reklama vositalari o‘rganildi. Qarshi shahrida faoliyat olib borayotgan “Mo‘jiza 777” shirinliklar do‘koni, “Marjon” super marketi, “Yojik” bolalar kiyim do‘koni hamda “Minus” maishiy texnika do‘konining oldida joylashgan peshlavhalar belgilangan talablarga mos kelmagani uchun tadbirkorlar “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun asosida ogohlantirildi va tushuntirish ishlari olib borildi.
🔘Navoiy viloyati
Hududiy boshqarma Navoiy shahrida “SHEDEVR NAVOIY” MChJ va Nurota tumanida “METAN GAZ NUROTA” MChJ noqonuniy reklama vositalari o‘rnatib kelayotganini aniqladi.
“Reklama to‘g‘risida”gi Qonun talablari buzilishi yuzasidan hududiy organ Maxsus komissiya tomonidan ish qo‘zg‘atilib, tegishli choralar ko‘rildi.
🔘Jizzax viloyati
Hududiy boshqarma G‘allaorol tumanida “Dunyo majnuntol” MChJ bino old qismiga katta hajmdagi bannerni pasportisiz o‘rnatgani o‘rganishlarda ma’lum bo‘ldi.
Ogohlantirish berilganiga qaramay kamchilik bartaraf etilmagani uchun “Reklama to‘g‘risida”gi Qonun asosida ish qo‘zg‘atildi va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.