Raqobat qo‘mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan, Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan davlat xaridlarida “Raqobat to‘g‘risida”gi hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunlariga rioya etilishi yuzasidan elektron maxsus axborot portallaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda doimiy monitoring o‘tkazilmoqda. Olib borilgan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ tomonidan maxsus axborot portali orqali o‘tkazilgan 2 ta jami 4.8 mlrd so‘mga yaqin eng yaxshi takliflarni tanlash savdolarida “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganlik alomatlari aniqlandi. Yuqoridagilarga ko‘ra, “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilishi alomatlari bilan “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Qo‘zg‘atilgan ish o‘rnatilgan tartibda ko‘rib chiqilib, qaror qabul qilingandan so‘ng qo‘shimcha axborot beriladi. Kanalga ulanish https://t.me/RaqobatGovUz
Ushbu yangilik bilan boʻlishish