Raqobat qo‘mitasi tomonidan litsenziyaga ega bo‘lmagan holda xorijga ishga yuborish xizmatlarini reklama qilgan subyektlarga nisbatan moliyaviy jarimalar qo‘llanildi
Raqobat qo‘mitasi tomonidan doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan reklamani amaldagi reklama to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga mosligi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda.
Olib borilgan o‘rganishlarda jami 3 ta «Crystalvisa Consulting»MCHJ, «Humo Group Central» MCHJ hamda “Compony B2B” MCHJlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan holda xorijga ishga yuborish xizmatlarini reklama qilinganligi aniqlandi.
Yuqoridagilarga asosan, Qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan «Crystalvisa Consulting», «Humo Group Central» hamda “Compony B2B” MCHJlar o‘z harakatlarida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan deb topilib, ularga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi. Shuningdek, qonunbuzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.
Ma’lumot uchun: «Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 16-moddasiga ko‘ra, ishlab chiqarilishi va (yoki) realizatsiya qilinishi uchun tegishli sertifikatlari va litsenziyalari, majburiy sertifikatlashtirish guvohnomalari yoki maxsus ruxsatnomalari mavjud bo‘lmagan tovarlarni reklama qilish taqiqlanadi.








