#OAV_o‘zaro_hamkorlik
15-mart — Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan Raqobat qo‘mitasi tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasini keng yoritish, shuningdek iste’molchilar huquqiy savodxonligini oshirishga hissa qo‘shayotgan ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillarini taqdirlash marosimi tashkil etildi.
👥 Tadbirda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasi, shuningdek iste’molchilar huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan tahliliy va dolzarb mavzulardagi maqolalari, lavhalari va reportajlari orqali keng jamoatchilikni xolis va tezkor axborot bilan ta’minlab kelayotgan o‘nlab ommaviy axborot vositalari vakillari hamda internet sahifalari blogerlari va jamoatchilik faollari e’tirof etildi.
Jumladan,
🔘“O‘zbekiston 24” teleradiokanali katta muharriri
Mirsoatova Lobar Nurmaxammatovna,
🔘O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) muxbiri
Raxmonova Nigora Alisherovna,
🔘“Gazeta. uz” muharriri, iqtisodiy tahlilchi
Latipov Shuhrat Baxtiyorovich,
🔘“BIRJA” gazetasi muxbiri
Tojiyeva Zamira Latipovna,
🔘“Jurnalist24. uz” internet nashri direktori
Madatov Eldorbek Abduxoshimovich,
🔘Raqobat qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati xodimi
Mansurova Umida Sabirovna va boshqalar.
(https://t.me/RaqobatGovUz)Raqobat qo‘mitasi o‘z faoliyatini ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilikka hisobdorlik tamoyillari asosida amalga oshirib, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda iste’molchilar huquqlarini ishonchli himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri deb biladi.
Shu maqsadda, jamoatchilikni xolis, ishonchli va tezkor axborot bilan ta’minlash, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro ishonchli, ochiq va samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda uni kelgusida ham izchil davom ettirish qo‘mitaning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.








