Ayni damda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi maslahatchisi Otabek Usmonov “Raqobat qo‘mitasi tomonidan davlat xaridlari sohasida nazoratni taʼminlash yuzasidan 2023-yilda amalga oshirilgan ishlar” to’g’risida ma’lumot bermoqda.
Qo‘mita va hududiy boshqarmakar tomonidan 2023-yilda davlat buyurtmachilari tomonidan o‘tkazilgan 62 465 ta tanlov (tender) savdolarida tahlil ishlari olib borildi. Shundan, buyurtmachilar tomonidan 18 738 tа (30 %) savdolar jarayonida 27 730 ta raqobatga zid harakatlar aniqlangan.