So‘ngi paytlarda jamoatchilikda reklama va e’lonlarni joylashtirish (o‘rnatish) yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelmoqda, shu munosabat bilan Raqobat qo‘mitasi Reklama va E’lonlarga oid qoidalar to‘g‘risida tushuntirishlar beradi.
Ta’kidlash joizki, bino-inshootlarga e’lonlarni o‘rnatish shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etgan holda amalga oshiriladi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan nazorat qilinadi.
Qo‘mita o‘z navbatida, reklama mazmunining, ya’ni kontentni reklama qonunchiligi talablariga mosligi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.
#reklama #e’lon








