Xalqaro hamkorlik doirasida joriy yilning 4-iyun kuni Qo‘mita rahbariyati hamda Seul Milliy universiteti va Koreya Fan va texnologiyalar instituti faxriy professori, Koreya Adolatli savdo komissiyasining (Korea Fair Trade Commission) sobiq rahbari, doktor O Syong Kvon hamda Toshkent Davlat yuridik universtiteti qoshidagi Koreya huquqi va tadqiqot markazi direktori, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) maslahatchisi, professor An Syo Pak bilan o‘zaro ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida Qo‘mita hamda Koreyadagi hamkor tashkilotlar – Koreya Adolatli savdo komissiyasi (KFTC), Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik aloqalarini amalga oshirish masalalari, shuningdek Qo‘mita institutsional salohiyatini oshirish hamda Qo‘mita xodimlarining kasbiy malaka va bilimlarini oshirish uchun koreyalik mutaxassislar ishtirokida o‘quv seminarlarini o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.