“TO‘RAQO‘RG‘ON NEFT BAZASI” MCHJ tomonidan:
dizel yoqilg‘isini 5 400 so‘mdan yetkazib berilishi lozim bo‘lsada, haqiqatda narx (tarif)larni oshirib qo‘llanilishi natijasida fermer xo‘jaliklaridan jami 2 752,1 mln so‘m;
birja savdolaridan chetlatilgan hajmlarda tovarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha fermer xo‘jaliklariga sotish orqali 826,5 mln so‘m asossiz mablag‘ olinganligi aniqlangan. Mazkur holat Maxsus komissiya tomonidan ko‘rib chiqilib, “O‘ZBEKNEFTGAZ” AJ va “TO‘RAQO‘RG‘ON NEFT BAZASI” MCHJlar tomonidan Vazirlar Mahkamasining 239-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari buzilgan deb topildi hamda asossiz olingan 3,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni qaytarish to‘g‘risida ko‘rsatma berildi.
«TO‘RAQO‘RG‘ON NEFT BAZASI” MCHJ ushbu qarordan norozi bo‘lib yo‘llagan arizasi sudning qarori bilan rad etildi.