Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Navoiyazot” AJga nisbatan mineral o‘g‘itlarni birja orqali realizatsiya qilishda manipulyatsiya holatlarini sodir etganligi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilib, Raqobat qonunchiligi talablari buzilgan deb topilganligi hamda qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.
“Navoiyazot” AJ tomonidan mazkur qaror va ko‘rsatma ustidan Toshkent tumanlararo ma’muriy sudiga shikoyat qilingan bo‘lib, mazkur qaror va ko‘rsatmani haqiqiy emas deb topish so‘ralgan.
Toshkent tumanlararo ma’muriy sudining 2024-yil 23-iyuldagi hal qiluv qarori bilan “Navoiyazot” AJning shikoyati rad etildi.