Raqobat qo‘mitasi Ochiqlik siyosati ko‘rsatkichlari reytingida yuqori o‘rinni egalladi
Respublika baholash komissiyasi natijalariga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi 2025-yil uchun davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlikni ta’minlash bo‘yicha Ochiqlik indeksi reytingida yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, Respublika bo‘yicha yuqori o‘rinda, davlat qo‘mitalari ichida 90,9 ball bilan 1- o‘rinni egalladi.
Raqobat qo‘mitasi keng jamoatchilikni va barcha manfaatdor tomonlarni Qo‘mita faoliyati to‘g‘risida to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlash ustidan doimiy ishlab, uni muntazam takomillashtirib boradi. Bunday e’tirof Qo‘mitaning jamiyat oldidagi mas’uliyatga sodiqligi va uzluksiz mehnatining tasdig‘idir.
Davlat organi faoliyatining ochiqligi va shaffofligi aholining uning faoliyatiga ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda, Raqobat qo‘mitasi faoliyatiga befarq bo‘lmasdan uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab, raqobat muhitini rivojlantirish va iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish borasidagi o‘zining faol sa’y-harakatlari bilan hissa qo‘shayotgan ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar hamda barcha keng jamoatchilik vakillariga minnatdorchilik bildiramiz!
#Ochiqlik_siyosati








