O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-yanvardagi 03/1-34-sonli hamda 2024-yil 15-maydagi 03/1-2019-sonli topshiriqlarining ijrosini ta’minlash maqsadida Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) a’zo davlatlar hukumatlari o‘rtasida Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha sherikchilik Bitimi loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan muzokaralar doirasida joriy yilning 27-iyun kuni, kunning birinchi yarmida Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari Turkiya raqobat organida uning Xalqaro hamkorlik departamenti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida Turkiya raqobat organi tomonidan so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar va tovar, moliya va raqamli bozorlarda raqobatni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar bo‘yicha Taqdimot qilindi. Shuningdek, ushbu uchrshuv davomida istiqbolda Raqobat qo‘mitasi xodimlarining institusional salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida, Raqobat qo‘mitasi mutasaddilari Turkiya raqobat organi foliyati bilan yaqindan tanishtirildi.