Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi TOP–20 “Aql markazlari” qatoridan joy oldi
“Yuksalish” umummilliy harakati tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan “Aql markazlari”ning tahliliy reytingi e’lon qilindi. Mazkur reyting mamlakatimizda ilmiy-tahliliy faoliyat olib borayotgan markazlarning ochiq manbalar asosidagi faolligi hamda jamoatchilik bilan muloqot darajasini baholashga qaratilgan.
Qo‘mita huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi ushbu reytingda TOP–20 talikdan joy oldi.
2025-yil davomida Markaz tomonidan:
🔘150 dan ortiq ilmiy-tahliliy materiallar e’lon qilindi;
🔘rasmiy veb-sahifaga 22 mingdan ortiq tashrif qayd etildi;
🔘Markaz materiallaridan 400 dan ortiq iqtibos keltirildi.
Mazkur natija Markaz tomonidan raqobat siyosati, monopoliyaga qarshi tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohalarida olib borilayotgan ilmiy-tahliliy faoliyat samarasining yana bir e’tirofidir. Markaz kelgusida ham ilmiy tadqiqotlar va tahliliy ishlanmalar orqali mamlakatimizda raqobat muhitini mustahkamlash, zamonaviy tahliliy yondashuvlarni keng joriy etish hamda ochiq ekspertlik maydonini rivojlantirishga xizmat qilishda davom etadi.








