Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi tomonidan “Davlat xaridlari sohasida raqobatni ta’minlash” mavzusida malaka oshirish kursi tashkil etildi.
Kurcning asosiy maqsadi:
Qo‘mita va uning hududiy organlari mutaxassislarining davlat xaridlari jarayonida raqobatni ta’minlash sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sohadagi huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish bo‘yicha amaliy salohiyatini kuchaytirishga qaratilgan.
Ushbu o‘quv kursi doirasida quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi:
⏺️ Davlat xaridlari tizimidagi raqobat muhitini tahlil qilish
⏺️ “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy talablari
⏺️ Tender savdolarida keng tarqalgan huquqbuzarlik holatlari
⏺️ Yagona yetkazib beruvchilar reyestri va to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalarni tuzish shartlari
⏺️ “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonun talablariga muvofiq savdolarni o‘rganish
⏺️ Maxsus axborot tizimlari orqali o‘tkazilgan savdolarni tahlil qilish
⏺️ Test sinovlari va amaliy mashg‘ulotlar
Darslar yuksak malakali mutaxassislar tomonidan olib borilib, ishtirokchilar uchun nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unlashgan holda o‘tkazildi.
Mutaxassislar davlat xaridlari jarayonida raqobat muhitini ta’minlash, qonunbuzarliklarni aniqlash va huquqiy choralar ko‘rish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘ladilar.
Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.