Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu kelishuv iqtisodiyotning turli sohalarida tajriba almashish, qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish, davlatning samarali iqtisodiy taraqqiyotiga ko‘maklashish, raqobat muhitini rivojlantirish hamda monopoliyaga qarshi qonunchilik va amaliyotni takomillashtirishni maqsad qiladi.
Shuningdek, hamkorlik doirasida iqtisodiy ko‘rsatkichlarni muntazam tahlil qilish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar sifati va dolzarbligini oshirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ham nazarda tutilgan.
Uchrashuv yakunida Tadqiqotlar markazi direktori O.Jumayev Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti direktori o‘rinbosari X.Xamidov bilan hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladi.