Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Shuningdek, Memorandum doirasida Raqobat qo‘mitasi Markaziy apparati va hududiy boshqarmalar xodimlari uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlari bo‘yicha tahlil va prognozlar ishlab chiqishda ekonometrik modellardan foydalanish hamda xorijiy tajribalar asosida tahlil metodikalari yuzasidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish va birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilgan.
Memorandum doirasidagi asosiy yo‘nalishlar:
✅ Raqobat siyosati va raqamli iqtisodiyot sohalarida qo‘shma tadqiqotlar;
✅ WIUT talabalari uchun amaliyot va stajirovkalar tashkil etish;
✅ Raqobat muhitiga oid fan dasturlari va metodikalarni takomillashtirish;
✅ Insofsiz raqobat, monopoliyaga qarshi kurash mavzularini qamrab olgan master-klass va seminarlar o‘tkazish;
✅ Inson resurslarini boshqarish, ta’lim va amaliyotni integratsiyalashga qaratilgan innovasion yondashuvlar;
✅ Think tank faoliyatini yo‘lga qo‘yish va xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish.
Uchrashuv yakunida Tadqiqotlar markazi direktori O.Jumayev va WIUT rektori K.Karimov hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumini imzoladilar. Ushbu kelishuv raqobat siyosati va ta’lim sohalaridagi strategik hamkorlikni yana-da mustahkamlashga xizmat qiladi.