Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamda «Science and Innovation» kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi imzolandi.
Ushbu uchrashuv davomida tomonlar Markazning ilmiy-amaliy jurnalini nashr etish, mintaqaviy va xalqaro miqyosda konferensiyalar tashkil etish, shuningdek, xalqaro ma’lumotlar bazalarida maqolalar chop etish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib oldilar.