O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama faoliyatini tartibga solish bo‘limi joriy yilning yanvar-iyun oylari davomida iste’molchilardan jami 476 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, shundan;
189 tasi – uy-joy kommunal, transport sohasiga, 213 tasi – Savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasiga, 54 tasi – aloqa va ijtimoiy xizmatlar sohasiga va 20 tasi reklama va boshqa sohalarga oid murojaatlardir.
Iste’molchilardan sohaga oid kelib tushayotgan murojaatlar bo‘lim tomonidan atroflicha, qonun doirasida o‘rganib chiqilib ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Jumladan, joriy yilning yanvar-iyun oylari mobaynida uy-joy kommunal, transport sohasida 20 mln. 214 ming so‘m, savdo xizmati sohasida 218 mln. 395 ming so‘m, aloqa va moliyaviy xizmatlar sohasida 37 mln. 456 ming so‘m mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilingan.
Misol tariqasida aytadigan bo‘lsak, Surxondaryo viloyati Termiz tumanida yashovchi fuqaro Allaqulova O‘g‘ilgeldi “Umid avto companies” MCHJ bilan 07.12.2022-yilda tuzilgan 08/12/T-08-sonli shartnomaga asosan “Damas DLX PLUS” rusumli avtomobil xarid qilish uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida 31 118 455 so‘m to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsada, avtomobil belgilangan muddatda yetkazib berilmaganligi sababli boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lagan pul mablag‘ini qaytarib olishda amaliy yordam so‘rab O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasiga “Ishonch telefoni” orqali murojaat qilgan.
Hududiy boshqarmaning mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganish olib borilib, “Umid avto companies” MCHJ tomonidan fuqaro O‘.Allaqulovaga boshlang‘ich to‘lov sifatida to‘lagan 31 118 455 so‘m pul mablag‘i qaytarib berilishi ta’minlandi.
Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 19-moddasida Agar ijrochi shartnomani ijro etishga o‘z vaqtida kirishmasa yoki shartnomaning belgilangan muddatda bajarilmasligi ayon bo‘lib qolsa, iste’molchi ishni bajarish, xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomadan voz kechishga va yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqli ekanligi belgilab qo‘yilgan.