Joriy yilning 15-dekabr sanasida o‘rnatilgan xalqaro hamkorlik doirasida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasida rais o‘rinbosari Karabayev Farrux Esanaliyevich, Qo‘mita vakillari hamda AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Markaziy Osiyo energetikasi” loyihasi katta maslahatchisi Met Addison, elektr energiyasi bozori bo‘yicha mutaxassisi Tugrul Atasoy hamda mazkur loyihaning O‘zbekistondagi kordinatori Doniyor Babayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda O’zbekistonda energetika sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga oid dolzarb muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, soha ravnaqi yo‘lida ishlab chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar, sohada mustaqil bozor regulyatorlari institutini joriy qilish hamda tabiiy monopoliya subyektlarini tartibga solishni takomillashtirish, shu bilan bir qatorda ilg‘or xorijiy tajriba va eng yaxshi amaliyotlarni o‘z ichiga olgan o‘quv seminar-treninglar tashkillashtirish orqali Qo’mita tizimi xodimlarining sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini tizimli oshirib borish masalalari atroflicha muhokama etildi.