Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi kengaytirilgan yig‘ilishi davomida berilgan topshiriqlar bo‘yicha 50-sonli Bayoni 12-bandi ijrosi yuzasidan, Qo‘mita xodimlari va ularning oila a’zolarini teatrlarga tizimli tashrifini yo‘lga qo‘yish va dam olish kunlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida har oyning oxirgi shanbasi “Teatr kuni” etib belgilandi.
Raqobat qo‘mitasining bir guruh xodimlari va oila a’zolari ishtirokida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida sahnalashtirilayotgan “Yulduzli tunlar” spektakliga tashrif tashkil qilindi. Teatrda xodimlar va ularning oila a’zolari maroqli xordiq chiqardilar.