Qo’mita raisi Sh.Sharaxmetov boshchiligidagi ishchi guruh Namangan viloyatining Davlatobod, To‘raqo‘rg‘on tumanlarida o‘rganishlar amalga oshirmoqda. “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida ko‘plab korxonalar faoliyati bilan tanishilib, muammo va takliflar o‘rganilib, tadbirkorlar bilan muloqot oʼtkazildi.
To’raqo’rg’on tumanidagi “Oqtosh tekstil” MCHJ va “Runnam tekstil” MCHJ, Davlatobod tumanidagi ‘‘Tekstil Libos’’ MChJ, “Botir Muxammadali” hamda “Nafis dizayn tikuvchi” MCHJlar ish faoliyati oʼrganildi. Muloqot davomida, ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan fuqarolar bandligini taʼminlash, kasb-hunarga oʼrgatish va shu yoʼl bilan kambagʼallikni qisqartirish hamda bu boradagi islohotlarni yangi bosqichga koʼtarish boʼyicha tushunchalar berildi.Oʼz navbatida tadbirkorlar ham tashabbus, taklif va muammolari bilan oʼrtoqlashdilar.