Raqobat qo‘mitasi Maxsus komissiyasi tomonidan “CREA MOB TAS” MChJga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunnining tegishli moddasi talablari buzilishi bilan ish qo‘zg‘atilib, korxona tomonidan sifatli mebel yetkazib berish choralarini ko‘rish yoki buyurtma qilingan mebellar uchun to‘langan pul mablag‘ini iste’molchiga to‘liq qaytarish choralarini ko‘rish, o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun ish (xizmat) qiymatining bir foizi miqdorida neustoyka to‘lash orqali mazkur qonunbuzilishni bartaraf etish to‘g‘risida Qo‘mita qaror va ko‘rsatmasi berilgan edi.
Biroq, “CREA MOB TAS” MChJ Qo‘mita Maxsus komissiyaning ushbu qaror va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, bir necha sud instansiyasi tartibida murojaat qilishiga qaramasdan sud instansiyalarida shikoyat qanoatlantirilmasdan Qo‘mitaning qaror va ko‘rsatmasi o‘z kuchida qoldirildi.