Joriy yilning 16-18-iyul kunlari Qozog‘iston Respublikasi Olmaota shahrida AQShning Tijorat huquqini rivojlantirish dasturi (CLDP) hamkorligida tashkillashtirilgan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston Respublikasidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar.
Uchrashuvda soha mutaxassislari kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shni respublikalar ekspertlari bilan birgalikda o‘zaro tajriba almashmoqdalar.