Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:
ishlab chiqarilayotgan mahsulot hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar va ishlar uchun narxlarni sun’iy ravishda asossiz ko‘tarish uchun ichki bozorda o‘z monopol mavqeidan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
iste’molchilarning tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bilan ta’minlanganligini tahlil qilishni amalga oshirish;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish tartibiga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish va majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilar ro‘yxatini aniqlash bo‘yicha takliflar kiritish;
tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tahlil qilishni amalga oshirish hamda ularni tartibga solish usulini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
tabiiy monopoliya subyektlari tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Bo‘lim faoliyati sohasiga taalluqli me’yoriy-uslubiy bazani takomillashtirish;
monopoliyaga qarshi kurashish hamda tabiiy monopoliyalarni tartibga solish sohasidagi ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganib borish va takliflar ishlab chiqish;
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan muddatlarda va tartibda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, aholi bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va ochiq muloqotlarda qatnashish, rahbariyat topshirig‘i bilan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, shu jumladan, joylarga borib qabul qilish;
Qo‘mita rahbariyati tomonidan yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni hududiy boshqarmalar va tegishli tarkibiy tuzilmalar bilan birgalikda samarali bajarilishini ta’minlash.
Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
tabiiy monopoliyalar mahsulotlari hamda xizmatlarining narxlari (tariflari) nazoratini amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan majburiy xizmat ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan iste’molchilarga tovarlarni realizatsiya qilish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan taqdim etilayotgan mahsulotlar va xizmatlar narxlarining asossiz oshirilishi hamda sifatining pasayishidan iste’molchilar huquqlarini himoya qiladi;
davlat tomonidan tartibga solinadigan va nazorat qilinadigan tabiiy monopoliya subyektlarining davlat ro‘yxatini shakllantiradi va yuritadi;
iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotlar va xizmatlar hajmlari bo‘yicha shartnomalarga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarini tashkil etish, qayta tashkil etish hamda tugatish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
tabiiy monopoliya subyektlarining o‘ziga xos funksiyalariga taalluqli bo‘lmagan faoliyatiga oid qismi bo‘yicha ushbu subyektlar tomonidan monopoliyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini tartibga solish usullarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi va tayyorlaydi;
tabiiy monopoliya subyektlari tovarlari (ishlari, xizmatlari) iste’molchilari tomonidan kelib tushadigan shikoyat va murojaatlarni ko‘rib chiqadi;
tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish masalalariga oid me’yoriy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
tabiiy monopoliyalar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish sohasida hududiy boshqarmalarga metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi;
Bo‘lim vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
hududiy boshqarmalar tomonidan Qo‘mitaning Bo‘lim faoliyati yo‘nalishidagi buyruq va qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.